Balx jangi (1370)

Amir Temur 1370-yilda B alx qal'asini qamal qilish paytida

Balx jangi Amir Temurning hokimiyat tepasiga koʻtarilishining asosiy muvaffaqiyati edi.

Bu jang 1370-yil bahor oyida Amir Temur va Balx hukmdori Amir Husayn oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganida Sayid Baraka Amir Temurga oliy hokimiyat va saltanat ramzi boʻlgan katta nogʻora - tabl bilan yalov - bayroq tortiq qildi.Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzesida amir va noʻyonlar bilan mashvarat (majlis) da qadimiy qonun-qoidalarga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon mamlakat podsholigi taxstiga oʻtqazildi.[1]

Gʻalabadan keyin boʻlib oʻtgan Qurultoy Temurni Turonning Oliy amiri etib sayladi, chunki bundan keyin davlat Temuriylar davlati nomi bilan mashhur boʻlib, unga mamlakatda uzoq kutilgan tinchlik, barqarorlik va tartibni oʻrnatish mas'uliyatini yukladi. Balx hukmdori Amir Husaynning singlisi, Chingiziy Qozonxonning qizi Saroy mulk bilan turmush qurish Temurga oʻz nomiga „Koʻragon“, yaʼni „(xon) kuyovi“ faxriy unvonini qoʻshib olishga imkon berdi.

  1. Farhod Sultonov. Oʻrta asrlar tarixi. Toshkent „Sharq“ 2012-yil. 314-bet

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search